Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi

Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi

Foto: O‘zbekiston Musulmonlar idorasi

25 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov Toshkent shahar bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlangani e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Nuriddin domla Xoliqnazarov 1968 yilda Andijon viloyati Asaka shahrida ziyoli oilada tavallud topgan. 1992 yilda Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasini, 1998 yilda Imom Buxoriy nomli Toshkent islom institutini, 2007 yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.

Ish faoliyati davomida Nuriddin domla Xoliqnazarov Andijon viloyati Asaka shahri «Ahmadali Maxdum» jome masjidi imom-xatibi, Toshkent shahri Yunusobod tumani «Oq tepa» jome masjidi imom-xatibi va shu kunga qadar O‘zbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi vazifalarida mehnat qilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Nuriddin domla Xoliqnazarovga ushbu sharafli vazifada, xalqimizning diniy-ma’rifiy ehtiyojini ta’minlash yo‘lida Alloh taolodan kuch-quvvat so‘raydi. Shu paytgacha poytaxt bosh imom-xatibi vazifasida mehnat qilib kelgan Rahimberdi domla Rahmonov «Minor» jome masjidi imom-xatibi vazifasida ish faoliyatini davom ettiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring