Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahri elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan loyiha tasdiqlandi

Toshkent shahri elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan loyiha tasdiqlandi

Prezidentning joriy yil 11-martdagi tegishli qarori bilan, Toshkent shahridagi iste’molchilarning energiya resurslariga o‘sib borayotgan talabini ta’minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar belgilandi.

Unga ko‘ra, Energetika vazirligi, Toshkent shahri hokimligi, «Navoiy KMK» AJ, «Olmaliq KMK» AJ, «O‘zavtosanoat» AJ va «O‘zmetkombinat» AJning takliflariga asosan 2023 yilda Toshkent shahri elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan 35-110 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini rivojlantirish loyihasi tasdiqlandi.

Mazkur loyiha doirasida:

  • Yunusobod, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod va Yangihayot tumanlarida umumiy quvvati 664 MVA bo‘lgan 5 ta 110 kV kuchlanishli podstansiya hamda 49,6 km uzunlikdagi 35 kV va 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini quriladi;
  • Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor va Mirobod tumanlaridagi 4 ta podstansiyani rekonstruksiya qilish orqali ularning o‘tkazish quvvatini 179 MVAga oshiriladi;
  • jismonan eskirgan 7,5 km uzunlikdagi 35 kV va 41,7 km uzunlikdagi 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini zamonaviy turdagi kabel va simlarga almashtiriladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring