Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent shahri aholisi soni 2,5 milliondan oshdi

Toshkent shahri aholisi soni 2,5 milliondan oshdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2019-yil 1-aprel holatiga 33 375,8 ming kishini tashkil etib, 2019-yil boshidan 120,3 ming kishiga yoki 0,4 foizga o‘sdi, deb xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi.

Jumladan, shahar aholisi soni 16 865,1 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,5 foiz), qishloq aholisi soni 16 510,7 ming kishini (49,5 foiz) tashkil etdi.

Viloyatlar orasida aholi soni bo‘yicha Samarqand viloyati (3 813,6 ming) yetakchilik qilmoqda, keyingi o‘rinda Farg‘ona (3 695,5 ming) qayd etilgan. Poytaxt aholisi soni 2,5 milliondan oshgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring