Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Foto:«Gazeta.uz»

Sherzod Rafatovich Xadjizadayev Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi, deya xabar qildi «Gazeta.uz».

Chorshanba kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida «Har bir oila — tadbirkor» dasturi ijrosini sifatli tashkil etish, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish borasidagi ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda yosh oilalarga imtiyozli kreditlar ajratish va kreditlarni o‘zlashtirish dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar tanqid ostiga olingan. Poytaxt ma’muriyatida ushbu yo‘nalishda mas’ul hisoblangan Sherzod Xadjizadayev vazifasidan ozod qilindi.

Sherzod Xadjizadayev 2018-yil 4-oktyabr kuni Toshkent hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Unga qadar Markaziy bank raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring