Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodiga sayohat (fotoreportaj)

Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodiga sayohat (fotoreportaj)

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 3-dekabr kuni «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati tomonidan «2018-yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi istiqbollari, uning muammolari va yechimlari. 2019-yilga belgilangan rejalar» mavzuida matbuot anjumani va media-tur o‘tkazildi.

«O‘zagrotexsanoatxolding» AJ boshqaruvi raisi Muxtor Karimov, Xolding tarkibidagi tizim korxonalari rahbarlari hamda xorijlik mutaxassislar ishtirok etgan matbuot anjumanida aksiyadorlik jamiyatida 2018-yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi istiqbollari, uning muammolari va yechimlari, shu bilan birga 2019-yilga belgilangan rejalar haqida so‘z bordi.

Jumladan, «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tizim korxonalari tomonidan jami 9243 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi, shu qatorda, 3123 dona traktor, 379 dona pritsep, 1104 dona ishlov berish texnikalari, 672 dona paxta seyalkalari, 239 dona g‘alla seyalkalari, 556 dona paxta va g‘alla o‘rish kombaynlari, 1074 dona paxta kultivatorlari va 2086 dona boshqa texnikalar ishlab chiqilgani aytildi.

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi texnikalari qo‘shni mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Turkmanistonga umumiy qiymati 17 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 100 dona paxta terish mashinasi, 1502 dona kultivator, 600 dona ventilyatorli purkagich va 200 dona ko‘rak terish mashinalari jami 2402 dona qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berish belgilangan. Jumladan, joriy yilning noyabr-dekabr oylari davomida 12 mln. AQSh dollariga va 2019 yilning yanvar-mart oylari davomida 5 mln. AQSh dollariga teng qishloq xo‘jaligi texnikalarini Turkmanistonga yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, anjumanda «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tarkibida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy traktorlar hamda qishloq xo‘jaligi texnikalarining yangilangan narxlari haqida rasmiy ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng OAV vakillari uchun Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodiga media-tur uyushtirildi.

Ma’lumot uchun:

«O‘zagrotexsanoatxolding» tizimiga Toshkent va Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodlari, «Agregat zavodi» AJ, «Texnolog» AJ, «Urgenchkormash» AJ, «Uz CLAAS Agro» MChJ, qo‘shma korxonalardan «Lemken-Chirchik» MChJ, «UzKeysmash» MChJ, «Agrixim» MChJ, «Amkodor Agrotexmash» MChJ, «Agrotexmash-DD» MChJ va boshqa korxonalar kiradi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring