Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Metroda yong‘in yuzaga kelgani bo‘yicha xabar tarqaldi

Metroda yong‘in yuzaga kelgani bo‘yicha xabar tarqaldi

Foto:«Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent metrosida yong‘in yuz bergani bo‘yicha xabarlar tarqaldi. 

23-dekabr kuni metroning «Kosmonavtlar» bekatida harakatlanib vagonda texnik sabablarga ko‘ra saqlagich (predoxranitel) kuyganligi yoki tormoz kolodkasi siqib qolganligi taxmin qilinmoqda.

Voqea joyida yong‘in yuzaga kelmagan. Nosoz vagon - ta’mirlash uchun depoga yuborilgan, deyiladi  FVV xabarida.

Fuqarolar xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan, hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Voqea joyiga shahar hamda tuman FVB rahbar xodimlari va 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan.

Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilgan, metro odatiy ish rejimida ishlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring