Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toshkent metropoliteni» uzr so‘radi

«Toshkent metropoliteni» uzr so‘radi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda metropoliten kassasi oldida ko‘plab odamlar yig‘ilib qolgani aks etgan rasm tarqalmoqda. «Toshkent metropoliteni» UK matbuot xizmati ushbu holat joriy yil 12 oktyabr kuni «Beruniy» bekati kassalarida yo‘lovchilarning oqimi ko‘payib, uzun navbat yuzaga kelishi kuzatilganini ma’lum qildi.  

Bunga yo‘l haqining elektron tizimga o‘tkazish ishlari olib borilayotganligi hamda shu kuni Toshkent davlat texnika universitetida talabalarning nazorat yig‘ini tashkil etilganligi sabab bo‘lgani xabar qilingan. 

Ushbu muammoni hal qilish uchun darhol ikkinchi kassa ochilgan. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun poytaxt metropoliteni ma’muriyati yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, 1 noyabrdan Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish to‘xtatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring