Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent sirkida tomosha ko‘rsatayotgan qiz balandlikdan yiqilib tushdi

Toshkent sirkida tomosha ko‘rsatayotgan qiz balandlikdan yiqilib tushdi

Foto:«Xabar.uz»

Joriy yilning 1-sentyabr kuni «O‘zbek davlat sirki»da bo‘lib o‘tgan tomosha vaqtida Irina Valter arenadan, balandlikda (havoda) «Juftlik polotno» nomerini amalga oshirayotgan so‘ngi daqiqada yiqilib tushgan. 1983-yilda tug‘ilgan Irina Valter sirkda 15 yildan ortiq ishlagan ko‘p qirrali artistdir. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar kuzatilganda Irina Valterning arenada yotgan holatini kuzatish mumkin.

Madaniyat vazirligi tarqatgan xabarga ko‘ra, Irina Valterga o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatilgan. Tibbiy tekshiruv natijalariga ko‘ra chap oyoq bo‘g‘imlarining cho‘zilish tashxisi qo‘yildi. Hozirda Irina Valterning ahvoli yaxshi, uy sharoitida davolanish ishlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring