Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘qqiz yoshli amerikalik 5 kishining o‘limida ayblanmoqda

To‘qqiz yoshli amerikalik 5 kishining o‘limida ayblanmoqda

Foto: «Peoria Journal Star»

To‘qqiz yoshli amerikalik (Illinoys shtati) besh kishining o‘limida, ikki kishiga kuyish jarohati yetkazganlik va bir kishiga og‘ir holatga olib keluvchi kuyish jarohati yetkazganlikda ayblanmoqda, deyiladi «Peoria Journal Star» xabarida.

Ushbu ma’lumotni shtat prokurori taqdim etgan.

Ma’lum qilinishicha, bola 6-aprel kuni ko‘chma uyda yong‘in kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan, oqibatda besh kishi, jumladan, uch nafar bola halok bo‘lgan. Xabarda bola sodir etgan jinoyat qanchalik og‘ir bo‘lmasin, unga ayblov e’lon qilish prokuror uchun oson kechmagani aytiladi.

Agarda yosh amerikalik sud qilinadigan bo‘lsa, unga besh yillik sinov muddati berilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring