Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tolibon» ayollarga yana bir taqiq qo‘ydi

«Tolibon» ayollarga yana bir taqiq qo‘ydi

Foto: InoSMI

«Tolibon» harakati tomonidan qo‘lga olingan Afg‘onistonda ayollar vazirlik yoki undan yuqori lavozimlarni egallay olmaydi. Bu haqda BBC Fors xizmatiga «Tolibon»ning Dohadagi siyosiy ofisi rahbarining o‘rinbosari Shir Muhammad Abbos Stanikzay ma’lum qildi.

Bu shartga qaramay, Afg‘onistondagi ayollar «inklyuziv» bo‘lib qoladigan hukumatda rol o‘ynashda davom yetadi, dedi manba.

Shu bilan birga, u AQSh bilan hamkorlik qilgan ayollar umuman davlat lavozimlarida ishlay olmasliklariga aniqlik kiritdi.

«Tolibon» vakili yaqin kunlar ichida hukumat tarkibi aniq bo‘lishini ochiqlagan. Shuningdek, Kobul aeroporti ham shu kunlarda ish boshlaydi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Tolibon» rahbariyati ayollarga ko‘chaga chiqmaslikni aytgan, bu jangarilarning hali ayollar bilan muomala qila olmasligi va zo‘ravonilkni oldini olish bilan bog‘langandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring