Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonliklar avtobusi Rossiyada avariyaga uchradi — qurbonlar bor

Tojikistonliklar avtobusi Rossiyada avariyaga uchradi — qurbonlar bor

Foto: «Vesti.ru»

«REGNUM» xabariga ko‘ra, Rossiyaning Tyumen viloyatida bugun, 6-yanvar kuni avtobus va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.

Avtobus 30 nafar tojikistonlik yo‘lovchini Surgutga olib ketayotgan bo‘lgan. Tyumen viloyatining Tobol tumanida, Tyumen Xanti-Mansiysk federal trassasining 266-kilometrida yo‘lovchi transporti «ISUZU» yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus burilib olayotganida haydovchisining ehtiyotsizligi oqibatida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.


Mavzuga oid: 56 nafar o‘zbekistonlik ketayotgan avtobus Volgogradda avariyaga uchradi (foto+video)


Avtobusdagi yetti nafar yo‘lovchi jarohat olgan. «ISUZU» yuk mashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘lgan, ularning shaxsi aniqlanyapti. YTH sabablari o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring