Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonda yangi jarimalar joriy etildi

Tojikistonda yangi jarimalar joriy etildi

Foto: Asiaplustj.info

Bugun, 26-iyun kuni bo‘lib o‘tgan Tojikiston parlamentining yuqori palatasi sessiyasida karantin qoidalarini buzganlik uchun jarimalar joriy e’tilishi ma’qullandi.

Endi jamoat joylarida himoya niqobisiz yurganlarga 116-290 somoniy (110 mingdan 285 ming so‘mgacha atrofida) miqdorida jarima solinadi.

Bundan tashqari, senatorlar Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksga ham qo‘shimcha kiritishni ma’qullashdi. Unga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus pandemiyasi haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan jismoniy shaxslar 580 somoniydan (taxminan 550 ming so‘m), yuridik shaxslar 11 ming 600 somoniygacha (11 million so‘m atrofida) jarimaga tortiladi.

Hujjat mamlakat prezidenti tomonidan imzolanib, davlat axborot agentliklarida e’lon qilinganidan keyin kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring