Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tog‘li hududlarda ko‘chki xavfi e’lon qilindi

Tog‘li hududlarda ko‘chki xavfi e’lon qilindi

2019-yil 19-dekabrdan 23-dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasi tog‘li hududlarida ko‘chki xavfi e’lon qilindi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Xususan, 2019-yil 19-dekabr mahalliy vaqt bilan soat 08:00 dan 20-dekabr soat 08:00 gacha Chimyon tog‘ zonasida ko‘chki xavfi e’lon qilinadi.

2019-yil 21-22-dekabrda A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 m.gacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 18-23 m.gacha  kuchayishi, yo‘lda qor uyumlari, yaxvonlik hosil bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring