Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Til bayramiga «sovg‘a»: Cho‘lpon, Qodiriy va Fitratga «meva-cheva sottirishmoqchi»

Til bayramiga «sovg‘a»: Cho‘lpon, Qodiriy va Fitratga «meva-cheva sottirishmoqchi»

Ijtimoiy tarmoqlarda Inkuzart tomonidan devorga chizilgan jadidchilar — Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy va Fitratning oldiga rastalar o‘rnatilayotgani haqida rasm tarqaldi.

Inkuzartning xabariga ko‘ra, u yerda meva-cheva va shunga o‘xshash mayda-chuydalar uchun rastalar qurilmoqda. Buning uchun nega ushbu joy tanlangani hozircha ma’lum emas.

Inkuzart strit-art bo‘yicha ancha taniqli bo‘lib ulgurgan rassomlardan. U nafaqat jadidlarning, balki olimpiadachilarning suratlarini ham ko‘p qavatli uylarning devorlariga chizib chiqqan.

Shuningdek, uning Uzauto Motors monopoliyasini aks ettirgan strit-arti ham ancha shov-shuv bo‘lgan. Unda mashina sotib olishga bo‘lgan uzun navbatlar va «shapka» tasvirlangandi.

Ushbu surat bir kun turishga ulgurmay, avvaliga ohak bilan o‘chirishga urinishgan. Ohak bilan eplay olishmagach, oq bo‘yoq orqali mazkur surat devordan o‘chirib tashlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring