Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempionati Toshkentda o‘tkazilishi mumkin

Tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempionati Toshkentda o‘tkazilishi mumkin

Tezkor shaxmat (rapid va blits) bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati joriy yil dekabr oyining so‘nggi kunlarida Toshkent shahrida o‘tkazilishi mumkin.

O‘zA bergan ma’lumotga ko‘ra, yaqinda Toshkentga kelib ketgan FIDE komissiyasi vakillari tegishli majmualar, zarur ob’yektlar bilan tanishgan. Lekin hali ushbu jahon chempionati Toshkentda o‘tkazilishi bo‘yicha shartnoma imzolangani yo‘q. FIDE shartnomani jo‘natgan. Lekin hali mablag‘ masalasida kelishuvga erishilmagan.  

Qayd etilishicha, reglamentda FIDE jahon chempionati xarajatlarining 50 foizini qoplashi belgilangan. O‘zbekiston tomoni esa qolgan qismini qoplaydi. «Ushbu jahon chempionati aslida Hindistonda o‘tkazilishi kerak edi. Ammo, ko‘pchilik shaxmatchilar, FIDE ijroiya qo‘mitasi vakillari musobaqani Toshkentda yoki Dubayda o‘tkazish taklifini ilgari surgan. Bu borada moliyaviy masalalar o‘z yechimini topsa, tezkor shaxmat bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati poytaxtimizda uyushtiriladi», – deyiladi O‘zA xabarida.  

Eslatib o‘tamiz, mazkur jahon chempionati o‘tgan yili Qozog‘istonning Almati shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Unda Magnus Karlsen ham rapid, ham blits yo‘nalishida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring