Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Termizda o‘zi yasagan «miltiq»ni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Termizda o‘zi yasagan «miltiq»ni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Joriy yilning 31 yanvar kuni Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus tadbir jarayonida, Termiz tumanida yashovchi 39 yoshli R.S. qo‘lbola usulda o‘zi yasagan o‘qotar qurol va 12 dona patronlarni jami 1.750.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan va undan qurol va patronlar ashyoviy dalil tarqasida rasmiylashtirib olingan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, olib qo‘yilgan qo‘lbola qurol va patronlar jangovor holatda otish uchun yaroqli ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB 2-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.S.,ga nisbatan ayblov e’lon qilingan va «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Manba: tergov.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring