Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Telekanallar xalqni aldashda davom etmoqdami?

Telekanallar xalqni aldashda davom etmoqdami?

Foto: «Uzbekistan24.uz»

Jurnalist Olimjon Jumaboyev o‘zining «Feysbuk»dagi sahifasida Jizzax viloyatida ro‘y bergan qiziq voqea haqida yozib qoldirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Jizzax viloyatining Baxmal tumaniga telekanallardan birining muxbirlari tashrif buyurgan. (Jurnalist bu qaysi telekanal ekani haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lmagani bois uni keltirishni lozim topmadik. Aslida bu unchalik muhim ham emas). Oddiy dehqonning uyida mehmon bo‘lgan jurnalistlar kartoshka hosilini suratga olmoqchi bo‘ladi. Ammo hosil yaxshi bo‘lmagani bois jurnalist ajoyib «topilma» qiladi: bozordan keltirilgan kartoshkani palak tagiga tashlaydi. Televizorga chiqishga ishtiyoqmand dehqon go‘yoki uni kavlab olgan bo‘ladi.

Jurnalistning aytishicha, dehqon Rossiyada ishlab topilgan pul evaziga olingan «Neksiya»ni ko‘rsatib, «kartoshka hosilidan shuni oldik», deb aytgan.

Olimjon Jumaboyevning «Feysbuk»dagi sahifasidan skrinshot

Savol tug‘iladi: davlat rahbari deyarli har bir chiqishida joylardagi muammolarni bor holicha, bus-butun ko‘rsatish, haqiqatni aytishni talab qilayotgan bir pallada televideniye xodimlarining bunday ko‘zbo‘yamachilik qilishidan muddao nima? Telekanal ijodkorlari bu orqali nimani isbotlamoqchi? Fikr-mulohazalaringizni ushbu xabarda izoh sifatida yozib qoldiring.

Izohlar 5

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring