Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tayson zamonamizning eng yaxshi bokschilarini ma’lum qildi

Tayson zamonamizning eng yaxshi bokschilarini ma’lum qildi

Foto: «Eric Charbonneau/AP»

Super og‘ir vazn toifasida boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Mayk Tayson zamonamizning eng yaxshi bokschilarini ma’lum qildi.

Tayson ukrainalik Vasiliy Lomachenko, shuningdek, amerikalik Devin Xeyni, Shakur Stivenson, Jervonta Devis, Errol Spens va Rayan Garsiyani alohida ta’kidlab o‘tdi. Uning fikricha, bu sportchilarni kuzatish qiziqarli.

Aprel oyining oxirida Tayson xayriya musobaqalarida bir nechta jang o‘tkazish istagini bildirgandi. Shundan so‘ng u mashg‘ulotlarga kirishib, zaldagi videolarini namoyish qila boshladi. 28-noyabr kuni sportchi Roy Jonsga qarshi ko‘rgazmali jang o‘tkazishi rejalashtirilmoqda.

Amerikalik bokschi 2005-yildan beri ringga chiqmagan. Sportchi 58 ta jang o‘tkazib, 50 marta g‘alaba qozongan (shundan 44 tasi nokaut bilan). Shuningdek, Tayson og‘ir vaznda jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan tarixdagi eng yosh bokschi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring