Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tayson Fyuri: «Uni bir qo‘limda ham yengaman»

Tayson Fyuri: «Uni bir qo‘limda ham yengaman»

Foto: «Prosports.kz»

Superog‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri WBA, IBF va WBO yo‘nalishlari chempioni Endi Ruisga qarshi potensial jang oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar berdi «Prosports.kz».

«Hayotda nimalar kutib turganini hech qachon bilmaysan, — deydi Fyuri Ruis bilan ehtimoliy jang yuzasidan. — Biroq bir narsani aniq aytishim mumkin: men muxlislarga Ruisni bir qo‘lim bilan urishim uchun qaysi qo‘limni orqaga olib turishimni tanlashi uchun izn beraman. Chunki uni yengish uchun menga bir qo‘lim ham yetadi».

Eslatib o‘tamiz, 14-sentyabr kuni Nevada shtati, Las-Vegasdagi «T-Mobile» arenasida 31 yoshli Fyuri Otto Uallinga qarshi jang o‘tkazadi.

Ruisga keladigan bo‘lsak, chempion 7-dekabr kuni superog‘ir vaznda sobiq chempion Entoni Joshuaga qarshi jang olib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring