Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabalar stipendiyasi nega kechikmoqda? Vazirlik izoh berdi

Talabalar stipendiyasi nega kechikmoqda? Vazirlik izoh berdi

Foto:«Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalarga stipendiya berilmayotganligi to‘g‘risidagi xabar tarqatildi.

Mazkur holat Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘rganib chiqilgan.

«Ma’lumki, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab talabalarga to‘lovlarni amalga oshirishda qulaylik yaratish, aholining keng qatlami uchun oliy ta’limning hammabopligini ta’minlash maqsadida to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari ikki xil ko‘rinishda – stipendiyali va stipendiyasiz etib belgilandi.

Universitetda to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan talabalarga stipendiya tayinlash va berishdagi kechikishlar o‘z navbatida talabalar tomonidan to‘lovlarni turli miqdorda va vaqtda amalga oshirilishi bilan bog‘liq.

Hozirda barcha tashkiliy masalalar yakuniga yetkazildi va to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan talabalarning plastik kartalariga stipendiya o‘tkazib berilgan. Stipendiyaning naqd pul qismi esa, 18 noyabr – dushanba kunidan tarqatilishi ma’lum qilindi» deyiladi vazirlik munosabatida.

Telegramdagi «Achchiq choy» kanalida yozilishicha«O‘zDJTU, O‘zMU, Toshkent moliya instituti. GulDU, Jahon tillari universiteti, Buxoro, Urganch davlat universitetlari, Irrigatsiya, Agrar universitetlarda ham to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan talabalarga ham haligacha stipendiya berilmagan».

Ammo yuqoridagi OTMlar bo‘yicha vazirlik hozircha izoh bergani yo‘q. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring