Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tailand 2019-yilda turizmdan 70 milliard dollar daromad oladi

Tailand 2019-yilda turizmdan 70 milliard dollar daromad oladi

Foto: «RIA Novosti»

«RIA Novosti» yozishicha, Tailand 2018-yili rekord darajada — 38,27 million nafar xorijiy sayyohni qabul qildi. Ammo bu boshlanishi — 2019-yilda mamlakatga 41,1 million nafar sayyoh kelishi kutilyapti. Bu haqda mamlakat turizm vazirligi bayonot bergan.

Mazkur idora ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakatga 2017 yildagiga qaraganda 7,5 foiz ko‘p sayyoh keldi. Birgina 2018-yilning dekabr oyida Tailandni 3,85 million nafar xorijlik tomosha qilib ketdi.

Vazirlik 2019-yilda sayyohlar soni Xitoy hisobiga 11 foizga o‘sishini kutmoqda. Aytish kerakki, Pxuket yaqinida sayyohlar kemasi cho‘kib ketishi oqibatida 47 nafar xitoylik halok bo‘lganidan so‘ng 2018-yilning ikkkinchi yarmida ushbu mamlakatdan keluvchilar soni keskin qisqarib ketgandi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Tailand 2019-yili turizmdan 2,21 trillion bat yoki qariyb 70 milliard dollar daromad olishni ko‘zlayapti.

Tailand turizmdan olayotgan daromad yalpi ichki mahsulotning 12 foizini tashkil etmoqda. Bu shuni anglatadiki, turizm mamlakatga daromad keltirishda faqat guruch va boshqa qishloq xo‘jaligi va dengiz mahsulotlarini eksport qilish, avtomobil va elektron sanoatdan so‘ng turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring