Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tabiiy ofatlardan eng ko‘p talafot ko‘rgan mamlakatlar aniqlandi

Tabiiy ofatlardan eng ko‘p talafot ko‘rgan mamlakatlar aniqlandi

Foto: «Vladtime»

«Germanwatch» kompaniyasi «Climate Risk Index 2020»ni taqdim etdi. «Polit.info» yozishicha, unda tabiiy ofatlar jahon mamlakatlariga yetkazgan zarar miqdori hisoblab chiqilgan.

Yaponiya, Filippin va Germaniya 2018-yili tabiiy ofatlardan eng ko‘p zarar ko‘rdi.

Yuqori o‘nlikka, shuningdek, Madagaskar, Hindiston, Shri-Lanka, Keniya, Ruanda, Kanada va Fidji kiritildi. Pulga hisoblaganda, eng ko‘p Hindiston va Yaponiya — 37 va 35 mlrd. dollardan zararga uchradi. Qurbonlar soni bo‘yicha ham Hindiston birinchi o‘rinda — ikki mingdan ziyod inson.

2018-yil yozi jahon mamlakatlari uchun og‘ir kechdi. Ma’lum qilinishicha, so‘nggi asrda Yevropa hududlarida jazirama issiqlar 100 karra ko‘paygan. Jazirama issiqlar, ayniqsa, Germaniya, Yaponiya va Hindiston uchun ayanchli oqibatlarni olib keldi.

Jazirama yoz Afrikaga qanday ziyon yetkazgani haqida yetarlicha ma’lumot olish imkoni bo‘lmaganini ham kompaniya hisobotida qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, bu «Germanwatch» kompaniyasi an’anaviy yillik reytinglarining 15-si bo‘lib, eng ishonchli ma’lumotlarga qurilgani ta’kidlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring