Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suv toshqinlaridan Tailandda 28 kishi qurbon bo‘ldi

Suv toshqinlaridan Tailandda 28 kishi qurbon bo‘ldi

Foto: «The Thaiger»

Tailandda musson yomg‘irlari yuzaga keltirgan suv toshqinlari 29-avgustdan beri 28 kishining umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda «Kp.ru» xabar bermoqda.

Mamlakat shimoli va shimoli-sharqida avgust oxiridan beri musson yomg‘irlari tinmayapti.

Suv toshqinlari 370 mingdan ortiq uyga zarar yetkazgan, 50 dan ziyod qishloq yo‘llari o‘tib bo‘lmas ahvolga kelgan.

Mamlakat meteorologiya depatartament yangi suv toshqinlari xavfidan ogohlantirmoqda.

Shu paytga kelib mamlakatdagi 77 ta viloyatning 32 tasida kuchli yomg‘ir yog‘ishi to‘xtagan emas. «Bangkok Post» gazetasi Pitsanulok, Pichit, Amnat Charoyen, Yasotxon, Ubon Ratchatxani, Roy Yet va Sisaket viloyatlari tabiiy ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rgani haqida yozmoqda.

Musson yomg‘irlari — Tailand va unga qo‘shni mamlakatlarni halokatli sellarga ro‘baro‘ etuvchi mavsumiy jarayon. Eng ko‘p yog‘ingarchilik avgustdan oktyabrgacha davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring