Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda nechta korxona umumbelgilangan soliq to‘lashga o‘tkaziladi?

Surxondaryoda nechta korxona umumbelgilangan soliq to‘lashga o‘tkaziladi?

Foto: «Xabar.uz»

Amaldagi soliq solish tartibiga ko‘ra, soliq to‘lovchilar amalga oshirayotgan faoliyat turi va xodimlar sonidan kelib chiqqan holda umumbelgilangan va soddalashtirilgan rejimda soliq to‘laydilar.

Prezidentimizning «O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, 2019-yil 1-yanvardan boshlab, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti (tushumi) 1 mlrd. so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalar umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkaziladi.

Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Kameral nazorat bo‘limi boshlig‘i M.Tog‘ayevning ma’lum qilishicha, bugungi kunda Surxondaryo viloyatida umumbelgilangan tartibda soliq to‘lovchi korxona (yuridik shaxs)lar soni 500 tani tashkil etadi. Soliq islohotlari konsepsiyasiga asosan 2018-yil yil yakuniga ko‘ra, ularning soni 1200 taga oshishi kutilmoqda.

Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi hamda hududiy davlat soliq xizmati organlari umumbelgilangan tartibga o‘tayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bilan ishlash maqsadida (joriy yil 9 oyi yakuniga ko‘ra) 2018-yilni 1 mlrd. so‘mdan ortiq tovar aylanmasi bilan yakunlashi kutilayotgan yagona soliq to‘lovchi korxonalarni faoliyat turi va hududi bo‘yicha ajratib, amaliy yordam ko‘rsatiladigan 781 ta nomzod xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning ro‘yxatini shakllantirdi. Mazkur korxonalarga umumbelgilangan tartibda soliq to‘lashga o‘tishlari to‘g‘risida yozma xabarnomalar yuborilgan.

Endilikda har bir tuman (shahar)dagi ro‘yxati shakllantirilgan nomzod korxonalarning vakillari Davlat soliq inspeksiyasiga taklif etilib, malakali mutaxassislar tomonidan maxsus o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Shuningdek, «Soliq-servis» davlat unitar korxonasi mas’ul xodimlari buxgalterlari mavjud bo‘lmagan xo‘jalik sub’yektlariga elektron hisob- fakturalarini yuritish qoidalarini o‘rgatadi.

Umumbelgilangan rejimda soliq to‘lashga o‘tayotgan har bir korxonaga hududiy davlat soliq xizmati organlaridan xodimlar biriktirilib, birinchi marotaba topshiriladigan hisobotlar yoki to‘ldiriladigan elektron hisobvaraq-fakturalari birgalikda amalga oshiriladi hamda 2019 yil davomida bevosita amaliy yordam ko‘rsatib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring