Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda kuchukcha ayovsiz kaltaklangani va so‘yib tashlangani videosi tarqaldi

Surxondaryoda kuchukcha ayovsiz kaltaklangani va so‘yib tashlangani videosi tarqaldi

Videodan lavha

«Mehr va Oqibat» jonivorlarni himoya qilish jamiyatining ma’lum qilishicha, ularga kuchuk bolasining o‘ldirilishi bilan bog‘liq video xabar kelib tushgan.

Qayd etilishicha, ushbu holat Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida sodir bo‘lgan. Shu tumanda yashovchi 1970 yilda tug‘ilgan ota va 1990 yilda tug‘ilgan uning o‘g‘li jo‘jani tishlab o‘ldirib qo‘ygani uchun kuchukchani ham azoblab o‘ldirishgan.

Mazkur shaxslar kuchukni ayovsiz kaltaklagani, so‘ngra so‘yib o‘ldirganini videoga olishgan va itining bolasini bergan kishiga yuborishgan.

«Mehr va Oqibat» jamiyati ichki ishlar xodimlaridan ushbu shaxslarni topib, qonun doirasida jazolashni so‘rashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada mushukni tiriklayin yoqib yuborganlar 3 sutkadan 7 sutkagacha qamalishgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring