Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda «Jiguli» qo‘y suruvini urib yubordi. 30 ta qo‘y «jabrlangan» (video)

Surxondaryoda «Jiguli» qo‘y suruvini urib yubordi. 30 ta qo‘y «jabrlangan» (video)

Kecha, 30-noyabr kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Shahriobod mahallasi hududidan o‘tuvchi M41 avtomobil yo‘lining 1460 kilometrida soat 05:30 lar chamasi YTH sodir bo‘lgan.

Viloyat IIB bergan xabarga ko‘ra, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro R.K. boshqaruvida bo‘lgan «Jiguli VAZ-2106» rusumli 75 F 886 HA davlat raqam belgili avtomashinasi bilan «Denov-Chegara» yo‘nalishi bo‘ylab boshqarish vaqtida, shu yo‘nalishda harakatlanib  ketayotgan  «Nazarsoy» fermer xo‘jaligiga tegishli 763 bosh qo‘ylarning 30 tasini urib yuborgan.

Hozirda holat yuzasidan Sariosiyo tumani IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring