Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda haydovchilar shikoyatini o‘rganish uchun telegram bot ishga tushdi

Surxondaryoda haydovchilar shikoyatini o‘rganish uchun telegram bot ishga tushdi

Foto: «Xabar.uz»

Surxondaryo viloyati IIB YHXB haydovchilar bilan yaqindan muloqot qilish, muammolarini hal etish va murojaatlarini ko‘rib chiqish uchun ijtimoiy tarmoqlarda ish olib bormoqda. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB YHXB matbuot guruhi katta inspektori leytenant A. Choriyev «Xabar.uz»ga ma’lumot berib o‘tdi.

Jumladan 2019 yil 26 may kuni Telegram ijtimoiy tarmog‘ida ilk marotaba Surxondaryo viloyati IIB YHXBning rasmiy «@SURXONYPX_bot»i ishga tushirildi.

Endilikda yo‘l harakati ishtirokchilari, YHX sohasiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga, qiynab kelgan muammoli vaziyatlarga ushbu bot orqali soha mutaxassislaridan qonuniy, to‘liq javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bundan tashqari «@SURXONYPX_bot»ida muntazam ravishda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi, yuk va yo‘lovchi tashish sohasiga oid qabul qilinayotgan farmonlar, qarorlarning mazmun mohiyati bo‘yicha ruknlar, maqolalar e’lon qilib boriladi.

Qolaversa yo‘l transport-hodisalarining oldini olishni targ‘ib etuvchi maxsus vidoroliklar bot a’zolariga namoyish etib boriladi. Ushbu botga a’zo bo‘lish qiyin emas, bor-yo‘g‘i telegram mesendjerida qidiruv tugmasiga «@SURXONYPX_bot» so‘zini yozish kifoya, ilova paydo bo‘ladi, «bot» ustiga bosilib u yerdan o‘zingizga kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Surxondaryo viloyati miqyosida YHX xodimlari tomonidan ushbu botni targ‘ib etuvchi 250 dona yelim qog‘ozlarga tayyorlangan ma’lumotnomalar turli transport vositalariga yelimlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring