Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda bosqinchilik qilgan shaxslar Qashqadaryoda qo‘lga olindi

Surxondaryoda bosqinchilik qilgan shaxslar Qashqadaryoda qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

2019-yil 18-fevral kuni Toshkent viloyati Qibray tumani O‘nqo‘rg‘on mahallasida  yashovchi B.H. mahalladoshi J.H. bilan Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida yashovchi B.Ch. ismli tanishining uyiga kirib, uy egasini va uning rafiqasi hamda o‘rta maktabda tahsil oluvchi qizini urib, uyidan pullari va 2 dona «Samsung» rusumli mobil telefonlarini olib, voqea joyidan yashiringanlar.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, B.Ch. tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida B.H. va J.H.lar Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida joylashgan «Umakay» yo‘l patrul xizmati maskanida qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring