Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV o‘rinbosarligidan bo‘shatilgan Abdulla Azizov yangi ish joyini ma’lum qildi

SSV o‘rinbosarligidan bo‘shatilgan Abdulla Azizov yangi ish joyini ma’lum qildi

Abdulla Azizov.

Abdulla Azizov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.

Abdulla Azizovning ma’lum qilishicha, u Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ishini boshlab yuborgan.

«Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, bugungi kunda kombinatni transformatsiya qilish doirasida boshqaruv, ishlab chiqarish va logistika jarayonlarini raqamlashtirish, operatsion samaradorlikni oshirish dolzarb vazifalardan biri sanaladi.

– Kelgusi ikki yilda kombinatda zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etib, uni davlat yordamisiz ishlay oladigan, dunyoning yetakchi metallurgiya kompaniyalaridan biriga aylantirish  asosiy vazifa bo‘lishi kerak, – degandi Prezidentimiz.

Mamlakatimiz sanoati sohasida ham o‘z bilim va tajribamni qo‘llash vaqti keldi. Bunda ham, albatta, xalqim va yurtimiz manfaati bosh maqsad bo‘lib qoladi», deya qayd etdi Abdulla Azizov.

Eslatib o‘tamiz, Daniya qirolligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ishlagan Azizov 2019 yilda Davlat soliq qo‘mitasida ish boshlagandi.

2020 yilning iyul oyida esa u Sog‘liqni saqlash vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi.

A.Azizov 1981 yilda tug‘ilgan. 2003 yilda Yaponiyaning Nagoya universitetini, 2004 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini moliya va xalqaro biznes yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasini olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring