Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soxta 10 ming dollar operatsiyasi fosh etildi

Soxta 10 ming dollar operatsiyasi fosh etildi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurash va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari Namangan viloyati bojxona boshqarmasi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda soxta valyutalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida, fuqarolar M.Sh va N.N.lar shartli xaridorga 10 ming AQSh dollari soxta valyutalarini 6500 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring