Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jambilda jabrlanganlar alohida nazoratda, bir bemor muvaffaqiyatli operatsiya qilindi

Jambilda jabrlanganlar alohida nazoratda, bir bemor muvaffaqiyatli operatsiya qilindi

Avval xabar qilinganidek, shu yilning 20 aprel kuni tonggi soat 05:09 da Qozog‘istonning Jambil viloyati Korday tumanidagi «Chimkent- Olma-ota» trassasining 181 kilometrida avtobus ishtirokida yo‘l transport hodisasi ro‘y berishi oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan edi. Baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganlarning 3 nafari hamyurtlarimiz bo‘lib, 13 nafari turli darajada jarohatlangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning jabrlanganlarga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish va yurtimizga olib kelish bo‘yicha bergan topshirig‘iga ko‘ra, xukumat komissiyasi  tuzilib, maxsus samolyot ajratildi. Yo‘l-transport hodisasi natijasida jarohatlangan hamyurtlarimiz ushbu bortdda mamlakatimizga olib kelindi. Aviabort bilan Sog‘liqni saqlash vazirligining mas’ul xodimlari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori boshchiligidagi shifokorlar guruhi ham yetib bordi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ilmiy markaz direktori Kozim Mahkamovning ma’lum qilishicha, shifokorlar guruhi Favqulotda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan jarohatlanganlarni aviabortga chiqargach, bortning o‘zida ular salomatligi qayta tekshiruvdan o‘tkazilgan. Kerakli muolajalar zudlik bilan bajarilgan. O‘zbekistonda ularni maxsus jihozlangan «Tez tibbiy yordam» avtomashinalari kutib olgan va bemorlar zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yetkazilgan. 

Vazirlik xabariga ko‘ra, jarohatlanganlar orasida qoraqalpog‘istonlik 34 yoshli Omirbek Xaytbayevning  jarohati og‘ir edi. Shifokorlarning urinishlari natijasida Omirbek Haytbayevda murakkab jarrohlik operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Hozir bemor o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Hozirda yurtimizga keltirilgan fuqarolarimizga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida malakali tibbiy-jarrohlik muolajalari ko‘rsatilmoqda. 20 aprel soat 12:00 gacha ularning  ikki nafariga murakkab jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgan bo‘lsa, ayni paytda  yana 3 nafar bemor operatsiya stoliga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring