Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda 32 yoshli ayol va uning 3, 7 va 10 yoshli farzandlari is gazidan vafot etdi

Sirdaryoda 32 yoshli ayol va uning 3, 7 va 10 yoshli farzandlari is gazidan vafot etdi

Foto: «Xabar.uz»

2020-yil 25-noyabr kuni Sirdaryo viloyati Xovos shaharchasi, «Do‘stlik» MFY hududidagi ko‘p qavatli uylarning birida is gazidan zaharlanish tufayli bir oilaning to‘rt nafar a’zosi vafot etdi. Bu haqda Kun.uzga marhumning yaqinlari ma’lum qilgan.

Aniqlanishicha, ushbu ko‘p qavatli xonadonlarda gaz bosimi pasayib ketganligi tufayli qo‘lbola pech orqali uy isitilgan.

Xonadon bekasi, 1988 yilda tug‘ilgan ayol va uning 3 nafar, 3, 7 va 10 yoshli farzandlari vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda, so‘ng Sirdaryoda yosh kelin-kuyov, Navoiyda aka-uka qurbon bo‘lishgandi. Shuningdek, Nukusda ijarada yashayotgan 4 nafar talaba, Yangiyo‘lda bir oila is gazidan zaharlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring