Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherzod Shermatov Shavkat Mirziyoyevning AQShga davlat tashrifini tarixiy deb atadi

Sherzod Shermatov Shavkat Mirziyoyevning AQShga davlat tashrifini tarixiy deb atadi

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati

«Bu safargi davlat tashrifini haqiqatda tarixiy deb atasa bo‘ladi», — deb yozdi Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Sherzod Shermatov «Facebook»dagi sahifasida. — «AQShning aksariyat eng nufuzli ommaviy axborot vositalarida uchrashuv ancha ijobiy tarafdan yoritilmoqda».

Uning qayd etishicha, avvallari albatta qandaydir salbiy holatlarga alohida e’tibor qaratilishi yoki inson huquqlari kabi mavzularda «katta og‘a»lik ruhini ko‘rsatib qo‘yish odatiy hol bo‘lgan. Sherzod Shermatov bu so‘zlarining isboti o‘laroq «The New York Times» nashrida chiqqan bir maqolaga havola keltirgan.

«Ushbu tarixiy uchrashuv ikki mamlakat orasida uzoq muddatli samarali hamkorlik uchun poydevor bo‘lishiga umid qilamiz. Mazkur tashrifga tayyorgarlik ko‘rgan barcha komanda a’zolarini muvaffaqiyat bilan tabriklayman!», — deydi vazir o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev ham AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvini «tarixiy», deb atagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring