Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi beriladigan masjid qanday ko‘rinishda bo‘ladi? (foto)

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi beriladigan masjid qanday ko‘rinishda bo‘ladi? (foto)

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi beriladigan masjid loyihasi.

Foto: «Xabar.uz» / «O‘zbekiston-24» kadridan skrinshot

Kecha Prezident matbuot xizmati bergan ma’lumotga tayanib, Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yangi qurilayotgan masjidga shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi berilishi haqida xabar bergan edik.

27 yildan beri bitmayotgan masjid tarixi, qurilish ikki marta boshlanib, turli sabablarga ko‘ra to‘xtatib qo‘yilgani haqidayam ma’lumot berilgan edi.

Chilonzor tumanida barpo  etiladigan hamda fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi beriladigan masjid ko‘rinishi qanday bo‘lishi ko‘pchilikni qiziqtirish tabiiy. Shu bois ushbu masjidning loyihaviy suratlarini e’tiboringizga havola qilishni lozim topdik. 

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi beriladigan masjid loyihasi
Foto: «Xabar.uz» / «O‘zbekiston-24» kadridan skrinshot

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu hududga tashrifi chog‘ida masjid yonida muzey ham bunyod etilishi, bu yerda shayzx hazratlarining umr yo‘liga oid qimmatli ma’lumotlar, ilmiy merosi jamlanishi haqida aytib o‘tdi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi beriladigan masjid loyihasi
Foto: «Xabar.uz» / «O‘zbekiston-24» kadridan skrinshot

Eslatib o‘tamiz, hozircha «Xabar.uz»ga loyiha qancha vaqtga mo‘ljallangani, qurilish ishlari qachondan boshlanishi, masjid qaysi sanada foydalanishga topshirilishi ma’lum emas. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif chog‘ida mutassadilarga masjid qurilishi tez va sifatli ado etilishi, u muhtasham bo‘lishi lozimligi haqida topshiriq bergan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi beriladigan masjid qurilishida. 2018-yil 9-fevral.
Foto: «Xabar.uz» / «O‘zbekiston-24» kadridan skrinshot

Quyida shayx hazratlari hayotligida bir necha bor kelgan mazkur masjid haqidagi videolavha orqali ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring