Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ramazon suhbatlari» efirga uzatiladi

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ramazon suhbatlari» efirga uzatiladi

Foto: «Vatandosh»

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma’rifat» telekanali Ramazon oyi munosabati bilan «Qur’oni karim ma’rifati» nomli yangi ko‘rsatuvni efirga uzatishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu muborak oyda yurtdoshlarimizga «Umar ibn Xattob» serialini namoyish etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan «MilliyTV» ijodkorlari yana bir Ramazon tuhfasini tayyorladilar. Bu haqda «Azon.uz» nashri xabar berdi.

«Islom.uz» portalining oltin fondidan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ramazon suhbatlari» bir oy davomida har kuni soat 18:40 da «MilliyTV» orqali efirga uzatiladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident qarori bilan 2018 yil muborak Ramazon oyi 17 may kuni boshlanishi haqida avval xabar bergan edik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring