Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha avval berilgan topshiriqlar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida 30-aprel kuni Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketgandi.

Prezident tashrif davomida Sariosiyo tumanidagi Sharg‘un ko‘mir konida, To‘polang GESida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qatnashdi.

Davlat rahbari matbuot xizmatiga ko‘ra, prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring