Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev propiska haqida: «Biz 30 yil davomida o‘zimizni fuqarolarimizni oyog‘iga kishan urdik» (video)

Shavkat Mirziyoyev propiska haqida: «Biz 30 yil davomida o‘zimizni fuqarolarimizni oyog‘iga kishan urdik» (video)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oliy Majlisga murojaatnomasi davomida prezident Shavkat Mirziyoyev ichki migratsiya va propiska tizimi masalasiga to‘xtaldi. 

«Ichki migratsiya masalasida gapiradigan bo‘lsak, asosiy ishchi kushi yashaydigan va ish o‘rinlari yaratilayotgan hududlar o‘rtasida juda katta tafovut mavjud. Shuning uchun ham hukumat propiska masalasini ijobiy hal qiladigan tizim ishlab chiqishi kerak,  parlament va hukumat 2020 yil 1 aprelga qadar propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqishi, xalqaro tajribani o‘rganishi lozim.

Biz 30 yil davomida o‘zimizni fuqarolarimizni oyog‘iga kishan urdik. Fuqarolar qayerda yashasa, ishlasa, o‘sha yerdan propiskadan erkin o‘tib yashashi kerak» deya ta’kidladi prezident. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring