Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda qiyosi yo‘q parkka nom berdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda qiyosi yo‘q parkka nom berdi

Foto: «President.uz»

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

110 gektar maydonni egallagan ushbu bog‘da ochiq va yopiq suzish havzasi, kichik stadion, muz saroyi, to‘rt yulduzli mehmonxona, yirik attraksionlar, ertaklar shaharchasi, savdo shoxobchalari, kutubxona va internet kafe, bouling va fitnes klublari, hunarmandlar markazi, amfiteatr, akvapark va boshqa ob’yektlar bo‘ladi. O‘ziga xos landshaftga ega bo‘lgan hududga noyob manzarali daraxt va gullar ko‘chatlari ekilib, botanika bog‘i yaratiladi.

Foto: «President.uz»

Mazkur ko‘ngilochar maskanda yiliga 100 ming kishiga xizmat ko‘rsatish mo‘ljallangan. Uni 2019 yilning birinchi choragida foydalanishga topshirish, 1 ming 500 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda qurilish ishlari jadal davom etmoqda.

Davlat rahbari istirohat bog‘ini sifatli va xavfsiz barpo etish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Nafaqat viloyat, balki mamlakatda qiyosi yo‘q bo‘ladigan mazkur parkka «Afsona» deb nom berishni taklif qildi.

Shu yerda Namangan shahri Guliston dahasida bunyod etilishi mo‘ljallangan «Namangan City», Pop tumanida quriladigan zamonaviy savdo majmuasi va «Pop eco park» kabi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring