Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan gaplashdi

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan gaplashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlarini ko‘rib chiqdilar.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar jadal rivojlanib borayotgani, tovar ayirboshlash ortayotgani va kooperatsiya aloqalari kuchayib borayotgani, hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2021 yil 5-6 dekabr kunlari Qozog‘iston Respublikasiga amalga oshirgan tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.

Amaliy hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan savdo va logistika, mashinasozlik, energetika, qishloq xo‘jaligi, kimyo va farmatsevtika, to‘qimachilik va oziq-ovqat tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish, shuningdek, ikki mamlakat hududida Sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazi va ulgurji-taqsimlash markazlarini barpo etishga alohida e’tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari Qozog‘iston Prezidenti tomonidan mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi. Prezidentlar joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uchrashuviga doir masalalarni muhokama qildilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring