Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev koronavirus epidemiyasining fojiali oqibatlari munosabati bilan Xitoy xalqiga ta’ziya bildirdi

Shavkat Mirziyoyev koronavirus epidemiyasining fojiali oqibatlari munosabati bilan Xitoy xalqiga ta’ziya bildirdi

Foto: Izvestiya

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyda yangi turdagi koronavirus sababli kelib chiqqan epidemiyaning fojiali oqibatlari munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinga va do‘st Xitoy xalqiga chuqur ta’ziya bildirdi.

O‘zbekiston umumiy xatarga qarshi samarali kurashish maqsadida yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekani qayd etildi.

Ma’lumot uchun: 2020-yil 1-fevral soat 08-00 ga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasida jami 11821 nafardan ortiq fuqarolar kasallanib, 1795 nafar fuqaro og‘ir holatda davolanmoqda, 259 nafar fuqaro ushbu kasallikdan vafot etgan.

So‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yil 31-yanvar kunigacha dunyoning 22 ta davlatida (Avstraliya, Vetnam, Germaniya, Kanada, Koreya, Kambodja, Malayziya, Nepal, Tailand, Singapur, AQSh, Fransiya, Shri-Lanka, Yaponiya, Filippin, Hindiston, Italiya, Finlyandiya, BAA, Ispaniya, Rossiya va Buyuk Britaniya) 126 holatda koronavirus (2019-nCoV turi) infeksiyasi laboratoriya usulida tasdiqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring