Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev hindistonlik investorlarni Bobur tug‘ilgan yurtga taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev hindistonlik investorlarni Bobur tug‘ilgan yurtga taklif qildi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Gujarat shtatining Gandinagar shahri «Mahatma Mandir» ko‘rgazmalar majmuasida «Jo‘shqin  Gujarat – 2019» IX xalqaro investitsiya sammiti bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik. Unda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Prezidentning qayd etishicha, O‘zbekiston, avvalo, kimyo sanoati va energetika, farmatsevtika, tekstil, charm-poyabzal, kimyo sanoati, turizm sohalaridagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor.

— Gujaratning ulkan iqtisodiy salohiyati va Andijon viloyati bilan sheriklik aloqalaridan kelib chiqib, shoh Bobur tug‘ilgan va ulug‘ Akbarshoh ajdodlarining vatani bo‘lmish Andijonda O‘zbekiston-Hindiston mintaqalari biznes-forumini shu yili o‘tkazishni taklif qilamiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari 2020-yilda Hindistonda «O‘zbekiston madaniyati yili»ni hamda O‘zbekistonda «Hindiston madaniyati yili»ni o‘tkazish, joriy yilda yurtimizda o‘zbek-hind Yoshlar festivalini tashkil qilishni taklif etdi.

Prezidentimiz so‘zining yakunida yurtimizning sanoat, investitsion va sayyohlik salohiyati, boy tarixi va madaniyati haqida tanishish imkonini beruvchi sammit doirasida tashkil etilgan O‘zbekiston ko‘rgazmasiga barchani taklif qildi.

«Jo‘shqin Gujarat» sammitida so‘zga chiqqanlar hamkor mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro tajriba, texnologiya almashish, yangi hamkorlar va investitsiyalarni jalb etish yo‘llarini topish bo‘yicha o‘z nuqtai nazarlarini bayon etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring