Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev BAA Bosh vaziri, Dubay amiri bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev BAA Bosh vaziri, Dubay amiri bilan uchrashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida 26-mart kuni Dubay shahrida BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Amirliklarning eng yirik shahri Dubay insoniyat ilmiy-texnik taraqqiyotining eng ilg‘or yutuqlarini o‘zida mujassam etgan. Masalan, dunyoning sakkizinchi mo‘’jizasi, deb e’tirof etilayotgan «Palm Islands» sun’iy orollari inson qo‘li bilan yaratilgan eng yirik arxipelag bo‘lib, o‘zining miqyosi va ko‘rkamligi bilan hayratga soladi. Bu yerda muhtasham mehmonxonalar joylashgan. Sayyoramizdagi eng baland osmono‘par bino — «Burj Khalifa» esa 11 ko‘rsatkich bo‘yicha Ginnes rekordlar kitobiga kirgan.

Dubayda dunyodagi eng uzun avtomatlashtirilgan metro tizimi va usti yopiq piyodalar o‘tish yo‘lagi mavjud. Sahroda joylashganiga qaramay, shaharda jahonning eng yirik gullar bog‘i barpo etilgan. Bu yerdagi plyajlar eng toza deb tan olingan. Shaharga bil yilda o‘rtacha salkam 16 million kishi tashrif buyurishi bejiz emas. Dubay boshqa soha va yo‘nalishlarda ham ko‘plab rekordlarni zabt etgan.

Bularning barchasi ochiqlik va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish siyosati tufaylidir. Dubayning jadal ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ko‘p jihatdan shahar va amirlik hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktumning g‘oyalari kuchli turtki bo‘ldi.

O‘zbekiston ham dunyoga ochilmoqda. Mamlakatimiz jadal va izchil rivojlanish yo‘lidan bormoqda, bu jarayonda jahon tajribasini o‘rganish, shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan innovatsion, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalarda faol hamkorlik qilish muhim o‘rin tutadi.

Ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash masalalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan «Zaabil» saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvining asosiy mavzusi bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring