Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahzoda Harri va Megan Marklning nikoh to‘yi Britaniyaga 680 million dollar keltiradi

Shahzoda Harri va Megan Marklning nikoh to‘yi Britaniyaga 680 million dollar keltiradi

Foto:«Town & Country Magazine»

Ekspertlarning ma’lum qilishicha, shahzoda Harri va Megan Marklning nikoh to‘yi Buyuk Britaniyaga 680 million dollar foyda keltiradi. Foyda mazkur to‘y tufayli mamlakatga keladigan sayyohlar, kelin-kuyovning rasmi tushirilgan ichimliklar va boshqa reklamalardan tushadi. Bu haqda «Sputnik» xabar bermoqda.

Buyuk Britaniya kompaniyalari allaqachon o‘zlari ishlab chiqarayotgan pechene va ichimliklarga kelin-kuyov tasvirini tushirib, sotishni boshlab yuborganlar. Faqat shuning o‘zidan davlat iqtisodiyoti 108 million dollar daromad ko‘radi.

«Brand Finance» kompaniyasining taxminicha, mazkur to‘y mamlakat xazinasiga umumiy 680 million dollar yoxud 500 million funt-sterling foyda keltiradi. Umuman to‘y kuni davlatga 350 ming atrofida xorijiy mehmon kelishi kutilmoqda.

To‘y 19-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring