Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahobiddin Zoirov, Iqboljon Xoldarov va yana 12 nafar bokschimiz Tailandga boradi

Shahobiddin Zoirov, Iqboljon Xoldarov va yana 12 nafar bokschimiz Tailandga boradi

Foto: MOQ matbuot xizmati

20-27-iyul kunlari Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi. Jahonning yetakchi mamlakatlaridan tashrif buyuradigan charm qo‘lqop ustalari qatori O‘zbekiston terma jamoasi ham ushbu turnirda deyarli asosiy tarkib bilan ishtirok etadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Reglamentga ko‘ra, unda erkaklar o‘rtasida 8 ta, ayollar o‘rtasida 6 ta vazn toifalarida bellashuvlar o‘tkaziladi. Ta’kidlash joiz, musobaqada eski vazn toifalari amal qiladi. Unda 14 nafar bokschimiz ishtirok etishi belgilab qo‘yilgan. Terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:

Erkaklar:

-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-56 kg: Abdumalik Xalakov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-64 kg: Shukurjon Rahimov
-69 kg: Iqboljon Xoldarov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov

Ayollar:

-48 kg: Gulasal Sultonaliyeva
-51 kg: Sitora Shodgarova
-57 kg: Mahliyo Habibullayeva
-60 kg: Yodgoroy Mirzayeva
-69 kg: Maftunaxon Meyliyeva
-75 kg: Mavluda Mavlonova

Hamyurtlarimiz 17-iyul kuni Tailand safariga jo‘nab ketishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring