Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahnoza Mirziyoyeva nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi

Shahnoza Mirziyoyeva nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi

Maktabgacha ta’lim vazirligi bosh boshqarma rahbari Shahnoza Mirziyoyeva A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

«O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining innovatsion kompetensiyasini rivojlantirishga ko‘maklashish» mavzusidagi ishni tayyorlashga 4 yil vaqt sarflangan.

Universitetning dissertatsiya kengashi Mirziyoyevaga umumiy pedagogika, pedagogika tarixi va ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha fan nomzodi ilmiy darajasini bergan.

Ma’lumot uchun, Shahnoza Mirziyoyeva 2019 yildan beri Maktabgacha ta’lim vazirligida bosh boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring