Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sergelida firibgar aka o‘z singlisining imzosini qalbakilashtirib, uyini sotib yubordi

Sergelida firibgar aka o‘z singlisining imzosini qalbakilashtirib, uyini sotib yubordi

Foto: «Google.com»

Sergelida firibgar aka o‘z singlisining imzosini qalbakilashtirib, uyini sotib yuborgani haqida O‘zbekiston Respublikasi IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berib o‘tdi.

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 22 iyun kuni Toshkent shahrining Sergeli tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil yanvar oyida Sergeli 2-dahada yashovchi 46 yoshli S.R. singlisi, Sergeli 3-dahada yashovchi 34 yoshli A.R.ning uyini o‘zining nomiga xadya tarzida rasmiylashtirish uchun singlisining imzosini qalbakilashtirgan. Shundan so‘ng o‘zining nomiga rasmiylashtirgan xonadonni 33 000 AQSh dollari evaziga S.P.ga sotib yuborgan va pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida A.R. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring