Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Schyotchik»larni qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha yangi tartib belgilandi

«Schyotchik»larni qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha yangi tartib belgilandi

Foto: «dengi.ua»

«Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida» Hukumat qarori (698-son, 20.08.2019-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha ma’muriy reglamentlar tasdiqlandi.

2019-yil 1-noyabrdan boshlab hisobga olish uskunalarini qiyoslovdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagoda interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

✅ Hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi:

  • yuridik shaxslar uchun – 8 yil;
  • jismoniy shaxslar uchun – 4 yilni tashkil etadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring