Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saylov uchastkalaridagi holatlar tekshirilmoqda — Bosh prokuratura

Saylov uchastkalaridagi holatlar tekshirilmoqda — Bosh prokuratura

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 26-Yunusobod saylov okurugiga qarashli saylov uchastkalaridagi holatlar tekshirilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Toshkent tumani 26-Yunusobod saylov okurugiga qarashli 15 ta saylov uchastkasida viloyat kengashi deputatligiga takroriy saylov bo‘lib o‘tdi. Nomzodlardan birining ishonchli vakili saylov bayonnomalari shubhali tarzda uzoq tekshirilganligidan norozilik bildirgan. Ayni jarayonda okrug saylov komissiyasi raisi so‘nggi bayonnomani berishni xohlamagan va telefonini o‘chirib, o‘zi g‘oyib bo‘lganligi iddo qilinadi. Bunga sabab sifatida Toshkent viloyati hokimligi rahbariyati XDP nomzodini «o‘tkazish»ni xohlashgani aytiladi.

Shundan so‘ng nomzod vakillari Bosh prokuratura ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyatni bayon etadi.

Mana, Bosh prokuratura tekshiruv ishlarini boshlab yuboribdi. Tekshirish natijasi bo‘yicha qo‘shimcha xabar qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring