Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saratovda o‘zbekistonliklar halok bo‘lgan YTHda ayblanayotgan avtobus haydovchisi qo‘lga olindi

Saratovda o‘zbekistonliklar halok bo‘lgan YTHda ayblanayotgan avtobus haydovchisi qo‘lga olindi

Foto: «Vzglyad-info»

Rossiya politsiyasi tomonidan Saratov oblastida poyezd bilan to‘qnashgan avtobus haydovchisi qo‘lga olindi va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV rasmiy vakili Irina Volkka asoslanib, «Interfaks» agentligi xabar bermoqda.

«Ozinskiy posyolkasi hududida yuk poyezdi bilan to‘qnashuvga yo‘l qo‘ygan avtobus haydovchisiga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 264-moddasi 5-qismi bo‘yicha (yo‘l harakati qoidalarini buzish) ish ochildi, u qo‘lga olingan», - degan u.

Rasmiy vakilning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun tergov ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 17 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00da (Toshkent vaqti bilan soat 13:00da) Saratov viloyati «Engels—Yershov—Ozinki» trassasining 1-kilometridagi tartibga solinmagan temiryo‘l kesishmasida «Saratov — Ulyanovsk» yo‘nalishi bo‘ylab qatnovchi avtobus yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketgan. Avtobusda jami 7 kishi bo‘lgan, ulardan 5 nafari halok bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, avtobus haydovchisi svetoforning taqiq belgisiga qaramay, temiryo‘lga chiqib ketgan va poyezd bilan to‘qnashib ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring