Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda qari ayolning boshiga chelak kiydirib, musht tushirgan bezorilarga hukm o‘qildi

Samarqandda qari ayolning boshiga chelak kiydirib, musht tushirgan bezorilarga hukm o‘qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda yurib ketayotgan bir kampirning boshiga chelak kiydirib, uni urgan ikki yigitning videosi tarqalgan, bu haqda Bosh prokuratura ham ma’lumot bergan edi.

Samarqand shahridagi «Shodiyona» savdo majmuasining ikkinchi qavatida joylashgan 46-sonli savdo do‘koni oldida harakatlanib ketayotgan fuqaro B.X.ning orqa tomonidan kelib, R. ismli shaxs uning bosh qismiga chelak kiydirgach, Sh.A. uni qo‘li bilan bir marta urib yiqitgach, hodisa joyidan qochib ketishgandi.

Ushbu holat, Sh.A.ning tanishi A.M. tomonidan o‘zining «Samsung» rusumli telefon apparati yordamida video tasvirga olingan va 2018-yil 6-noyabr kuni D.B.tomonidan «Instagram»ijtimoiy internet tarmog‘i orqali tarqatilgandi.

«Sevimli» kanalining «Zamon» informatsion dasturida mazkur hodisa yuzasidan sud jarayoni haqida ma’lumot berildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi Zarifa Ahmedova bergan ma’lumotlarga ko‘ra,  Shirinbek Abdurahmonovga Yoshlar ittifoqi tomonidan berilgan kafillik xati, «Bog‘imaydon» mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan berilgan kafolat xati, jabrlanuvchining da’vosi yo‘qligi, ayblanuvchining qilgan ishidan pushaymonligi tufayli, ozodlikni cheklash jazosi belgilangan.

Lavhada sudlanuvchi Shirinbek Abdurahmonov bu ishidan pushaymonligini bildirib, kechirim so‘ragan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring